Primorskda O`zbekistonlik fuqarolar huquqlari himoya qilindi. Ma`lum bo`lishicha, ular pasportlari olib qo`yilib, o`z vaqtida berilmagani uchun TIMga murojjat etadilar.
Tashqi ishlar migrasiyasining xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Primorsk o`lkasi Nadejdenskiy tumanida qurilayotgan turar-joylar qurilishida ishlash uchun Surxondaryodan kelgan 30 nafarga yaqin fuqarolarimizning murojaatidan so`ng, mazkur qurilish ob`ektida mehnat migrantlari va ish beruvchi ishtirokida uchrashuv o`tkaziladi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu qurilish ob`ektiga O`zbekistonlik fuqarolar ishlash uchun tanishlari orqali kelgan. Ishni boshlagandan so`ng, ularning pasportlari ish beruvchi tomonidan patent rasmiylashtirish uchun olingan va o`z vaqtida qaytarib berilmagan. 8 nafar fuqaro boshqa ishga o`tishini bildirganda ish beruvchi ularning ishdan ketishiga qarshilik ko`rsatgan.
Uchrashuvda ish beruvchi va mehnat migrantlari ishtirokida ushbu masalalar muhokama qilinib, fuqarolarning hujjatlari qaytarib berildai. Ishdan ketmoqchi bo`lganlarga ruxsat berish bo`yicha kelishib olinadi.
Shuningdek, xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini ijtimoiy-huquqiy va moddiy qo`llab-quvvatlash, xavfsiz mehnat migrasiyasini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma`lumotlar beriladi. Joriy yil oktyabr oyida bo`lib o`tadigan Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqiriladi.
Ish beruvchiga O`zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorlik o`rnatishi tavsiya etilgan.






