9 avgust kuni soat 12:39larda Jizzax viloyati Zarbdor tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limiga “Taraqqiyot” mahallasi Oltinsoy qishlog`idagi xonadonlarning birida yong`in sodir bo`lganligi xaqida xabar kelib tushgan.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borganlarida, yashash xonadonining og`ilxonasida somon g`arami yonayotganligi ma`lum bo`ldi. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in to`liq bartaraf etildi.
Yong`in natijasida og`ilxonaning 20 m.kv maydoni tom qismi va 300 dona presslangan somon yonib zararlangan.
Yong`in oqibatida jabrlangan va xalok bo`lganlar yo`q.
Hozirda hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






