Prezident ta`lim muassasalari agentligi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, kecha, 10 avgust kuni Yangi O`zbekiston universitetiga qabul jarayonlari yuzasidan matbuot anjumani o`tkazildi.
Anjumanda ma`lum qilinishicha, “Yangi O`zbekiston” universiteti o`z yo`nalishida "Dunyoning eng yaxshi 100 ta universitetlari" reytingida 1-o`rinda turadigan Massachuset texnologiya instituti hamda xalqaro sifat standartlariga muvofiq kompleks va ilmiy-texnik markazlarini yaratishda Myunxen Texnika universiteti bilan hamkorlik qiladi.
Universitet talabalariga eng nufuzli mahalliy ishlab chiqarish korxonalari va hatto chet elda ham amaliyot o`tash imkoni beriladi. Shuningdek, iqtidorli va akademik muvaffaqiyatga erishgan talabalar uchun turli grantlar taqdim etiladi.