Bugun 11 avgust kuni soat 10:32da Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani “Mirzoto`p” MFY, P.Xudoyberdiev ko`chasida yong`in bo`layotganligi to`g`risida favqulodda vaziyatlar bo`limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 10:38 da voqea joyiga etib borib, (Yong`in o`chirish qismdan yong`in sodir bo`lgan manzilgacha masofa taxminan 8 km.ni tashkil etadi.) soat 11:03 da yong`in o`rab olingan va soat 11:34 da yong`in batamom o`chirilgan.
Yong`in oqibatida bir biriga tutash qurilgan uylarda birinchisining 150kv.m. hamda qo`shni uyning 10 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so`ramoqda.






