AsosiyJinoyat

Samarqandda dekan o`rinbosari talaba qizni imtihondan dollar evaziga "o`tkazib" qo`ymoqchi bo`ldi

'Samarqandda dekan o`rinbosari talaba qizni imtihondan dollar evaziga "o`tkazib" qo`ymoqchi bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.A. va boshqalar fuqaro A.ni Qirg`iziston Respublikasining tibbiyot yo`nalishidagi oliy o`quv yurtiga o`qishga kiritib, keyinchalik o`qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga ko`chirish masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga oldindan kelishilgan 7 300 AQSh dollari hisobidan 35,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo`limi hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.I. boshqa bir fuqaroni Chirchiq pedagogika institutiga kontrakt asosida ushbu institutda ishlovchi tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, oldindan kelishilgan 3 000 AQSh dollari hisobidan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Muqaddam 4 marotaba firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro N.T. fuqaro T.ning o`g`lini O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yishga ishontirib, evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida Departamentning Muzrabot tumani bo`limi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Shu kabi, Departamentning Buxoro tuman bo`limi hamda DXXning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. boshqa bir fuqaroning hujjatlarini transfer.dtm.uz saytida ro`yxatdan o`tkazib, Qozog`iston Respublikasidagi institutga bormasdan turib bir yil o`qiganligi haqida sertifikat va transkript hujjatlarini tanishlari orqali tayyorlab berishi evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, Samarqand davlat chet tillar instituti fakultet dekani o`rinbosari S.I., fuqaro N.ning ushbu institutda ta`lim olayotgan qizini yakuniy nazorat imtihonidan o`tkazib berish evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar