Bugun Kinematografiya agentligida S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti vakillari bilan institutning Toshkentdagi filialini ochish bo`yicha uchrashuv tashkil etildi.
Bu haqda O`zbekiston Kinomotografiya agentligi xabar berdi.
Agentlik rahbariyati, kinomutaxassislar, ijodkorlar ishtirokidagi uchrashuvda filial ochilishida amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlar bo`yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Uchrashuv davomida shuningdek, talabalarning o`qishini ko`chirish, sifatli ta`limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikda ijodiy tanlovlar va festivallar o`tkazish, tayyorlov kurslarini tashkil etish va yoshlarni filmlar suratga olishida har tomonlama qo`llab-quvvatlash kabi muhim masalalar o`rtaga tashlangan.






