AsosiyJinoyat

Toshkentda ayollar va qizlarga noqonuniy diniy saboq berganlar aniqlandi

'Toshkentda ayollar va qizlarga noqonuniy diniy saboq berganlar aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda Uchtepa tumanida o`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida Karimbaeva Arofat, Rixsibaeva Xadicha, Raupova Lobarlar maxsus diniy ma`lumoti bo`lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz ayollar va qizlarga diniy ta`limdan saboq berib kelganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 241-moddasiga (“Diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish”) muvofiq hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oshirildi. 

Sud tomonidan ularning har biriga nisbatan BHMning 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

"Hurmatli fuqarolar! Unutmang, diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish qonunchiligimizda taqiqlanadi. Agarda shaxs ma`muriy javobgarlikka tortilganidan so`ng yana shu kabi noqonuniy faoliyat bilan shug`ullansa, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-2-moddasiga asosan (“Diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish”) jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin",–deyiladi shahar IIBB axborotida. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar