AsosiyJamiyat

«Vatandoshlar» jamoat fondiga Sherali Jo`raev rahbarlik qiladi

'«Vatandoshlar» jamoat fondiga Sherali Jo`raev rahbarlik qiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Vatandoshlar» jamoat fondini tashkil etish to`g`risida»gi qarori imzolandi.

Hujjat bilan, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi, O`zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi, «Yuksalish» umummilliy harakati, «Taraqqiyot strategiyasi» markazining ular muassisligidagi nodavlat notijorat tashkilotining «Vatandoshlar» jamoat fondini tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullandi.

Qarorga ko`ra, faoliyatini Vasiylik kengashi boshqaradi.

Kengash mashhur shoir va yozuvchilar, san`at, teatr va sport arboblari, milliy madaniy markazlar vakillari, sohaga mas`ul davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlaridan shakllantiriladi.

Vasiylik kengashi raisi vazifasini O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raev bajaradi.

    Boshqa yangiliklar