AsosiyJinoyat

Namanganda cho`ntagiga marixuana yashirgan fuqaro qo`lga olindi

'Namanganda cho`ntagiga marixuana yashirgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

8 avgust Chortoq tuman IIB HPMB profilaktika inspektori tomonidan, Chortoq tumanida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan fuqaroni xolislar ishtirokida yoni ko`zdan kechirilganida, shimining chap cho`ntagidan bir dona gugurt qutisida va bir dona qog`oz parchasiga o`ralgan, o`tkir hidli giyohvand moddasiga o`xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko`rish uchun olingan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Namangan viloyati IIB eKBning xulosasiga ko`ra, ushbu moddalarning sof og`irligi 1,37 gramm bo`lgan «marixuana» giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 avgust kuni Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar