UzAuto Motors 2021 yil 5 iyuldan yangi turdagi Chevrolet Damas va Chevrolet Labo mashinalarini sota boshladi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra, yangi turdagi mashinalar bozor talablariga muvofiq ishlab chiqarilayapti.
Avtomashida uchinchi qator o`rindig`i va yuk bo`linmasi yon tomoni mavjud emas. Narxi ham shunga mos.
— Bu mashinalar bozor talabiga muvofiq tayyorlangan bo`lib, kichik va o`rta biznes ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan, — deyiladi xabarda.
Narxlar:
Chevrolet Damas — 77 790 000 so`m.
Chevrolet Labo — 76 891 000 so`m.