Bugun, 11-avgust kuni huquq-tartibot organlari tomonidan Oqdaryo tumani Turon MFYda yashovchi fuqaroning yashash xonadonida 3 kg. “ko`knori” giyohvandlik vositasi, shundan taxminan 500 gramm quritilgan “ko`knori” giyohvandlik o`simligi mavjudligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.






