AsosiyJamiyat

Namanganda Spark haydovchisi 11 yoshli velosipedchini urib yubordi

'Namanganda Spark haydovchisi 11 yoshli velosipedchini urib yubordi'ning rasmi

30 iyul kuni soat 11:30 larda, Uchqo`rg`on-Burilma yo`lining 7 km.da, Uchqo`rg`on tumani Bog`ko`cha MFY hududida, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchi, Uchqo`rg`on tumanida ota-onasi qaramog`ida yashovchi, 2010 yilda tug`ilgan bolani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Natijada, velosipedchi chap oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Uchqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 avgust kuni O`z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar