2021 yil 12 avgust kunidan boshlab, 181-sonli yangi "Yangiyo`l dehqon bozori - Farxod bozori" avtobus yo`nalishi harakati tashkil etilgan bo`lib, yo`nalishdagi jadvallar soni Isuzu rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 4 ta, yakshanba kunlariga 3 ta hamda ish tartibi 5:30 dan 20:30 gacha etib belgilandi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur yangi avtobus yo`nalishi "Yangiyo`l dehqon bozori" so`nggi bekatidan Samarqand, Beruniy, Olmaliq, O`zbekiston, M.Mirzaaxmedov, Qahramon, M-39 yo`li, Bunyodkor(Olmazor metro bekati orqali), Gavhar, Al-Xorazmiy, 2-Qatortol, Shirin, M.Shayxzoda, Farxod qo`chalari orqali "Farxod bozori" bekatigacha harakatlanishi belgilandi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo`lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 157-sonli qaroriga asosan yangi yo`nalishlarni ochish, shuningdek, avtobus yo`nalishlarining o`zaro harakat yo`nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yo`nalishlar tarmog`ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.






