AsosiyDunyo

Xitoylik Olimpiada chempionining oilasi 41 million dollardan nega voz kechdi?

'Xitoylik Olimpiada chempionining oilasi 41 million dollardan nega voz kechdi?'ning rasmi

Xitoylik 14 yoshli Olimpiada chempioni Syuan Xunchan uchun butun dunyo bo`ylab to`plangan 41 million dollardan sportchining oilasi voz kechdi. Bu haqda Zamon.uz  xabar berdi.

Xunchan Tokio olimpiadasida suvdan sakrash bo`yicha oltin medalni qo`lga kiritgan, shundan keyin bergan intervyusida uning oila a`zolari o`ta qashshoqlikda yashashini, shuning uchun u 4 yil oldin avtohalokatga uchragan onasi va oilasini ta`minlash maqsadida katta pul topishi zarurligini aytgan.

Intervyudan so`ng mahalliy klinika Xunchanning onasi va bemor bobosi uchun to`liq bepul tibbiy xizmat taklif qildi. Bundan tashqari unga bepul uy, pul mukofoti, ko`ngilochar markaz, hayvonot bog`i va kurortlarga butun umrlik bepul chipta,  istalgan shirinlikni cheksiz miqdorda sovg`a qilishga harakat qilishadi.

Chempion qizning oilasiga taklif qilingan yordam miqdori jami 41 million dollardan ortib ketgan. Ammo Xunchanning otasi bu takliflarning barchasini rad etib, «Men barcha yordam taklif qilgan tashkilotlardan minnatdorman. Lekin ulardan bir yuan ham olmayman», deydi.

Xunchan chempion bo`lganidan keyin uning yashayotgan  uyini ko`rishni istovchilar ko`payib ketadi. Ammo mahalliy ma`muriyat koronavirus infeksiyasi ko`payishini iddao qilib, uy atrofiga odam to`planishini ta`qiqlab qo`yadi.

Boshqa yangiliklar