Kuni kecha Xalq deputatlari G`ijduvon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.
Unda viloyat va tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, viloyat hokimi o`rinbosarlari, tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirokida o`tkazilgan sessiyada tashkiliy masala ko`rilgan.
Murodjon Umarov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan G`ijduvon tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i Sherzod Ashurov mazkur tuman hokimi etib tayinlandi.