Toshkent shahar hokimligi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`yicha hokim o`rinbosari kotibiyati mudiri Malika Rasulovaning vafot etdi. Shu munosabat bilan Toshket shahar hokimligi uning oila a`zolari, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, Malika Rasulova mehnat faoliyatida fidoyiligi, tashabbuskorligi, o`z vazifasiga sidqidildan yondashishi bilan ajralib turgan. U ish faoliyatini Olmazor tumanidagi maktabda o`qituvchilikdan boshlagan.
Marhuma maktab direktori o`rinbosari, Olmazor tuman hokimligi bosh mutaxassisi, Toshkent shahar hokimligi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kotibiyati bosh mutaxassisi, kotibiyat mudiri kabi mas`liyatli lavozimlarda ishlagan.






