Prezidentimizning “Nogironligi bo`lgan shaxslarga ko`rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, nogironligi bo`lgan shaxslarga, ayniqsa bolalarga ko`rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida:
- maktabgacha va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarni zamonaviy eshitish moslamalari bilan ta`minlash orqali moslashtirilgan (adaptiv) o`quv tizimini joriy qilish;
- koxlear implantantlarini o`rnatish bo`yicha jarrohlik amaliyotini o`tkazishdan oldin va undan keyingi reabilitasiya jarayonini Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan to`liq bepul amalga oshirish;
- bolalarni tug`ma, patologik va orttirilgan mushak-skelet tizimidagi o`zgarishlar va deformasiyalarni davolash uchun zarur bo`lgan tibbiyot buyumlari va endoprotezlar bilan uzluksiz ta`minlash, jumladan ekzoskelet uskunasini olib kirish orqali nogironligi bo`lgan shaxslarning odatiy hayotga moslashuvini tezlashtirish;
- bosh miyadagi patologik o`zgarishlar (jumladan, gidrosefaliya) bilan tug`ilgan bolalarning, shuningdek, yangi tug`ilgan chaqaloqlar, bolalar va o`smirlardagi tug`ma yurak nuqsonlarining jarrohlik amaliyotini o`tkazishni davlat ta`minotiga olish;
- nogironligi bo`lgan shaxslarni zamonaviy elektro-pultli nogironlar aravachalari bilan bosqichma-bosqich ta`minlash;
- ko`zi ojiz bolalar va kattalarni hayoti uchun zarur bo`lgan texnik vositalar, jumladan ovozli termometr, ovozli tonometr va yig`ma Brayl alifbosi bilan bosqichma-bosqich ta`minlash belgilandi.






