AsosiyJamiyat

Muftiy Usmonxon Alimovning hamon Moskvada davolanayotganligi aytildi

'Muftiy Usmonxon Alimovning hamon Moskvada davolanayotganligi aytildi'ning rasmi

Avvalroq, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edik. 

O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari o`pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o`pka pnevmoniyasi bo`yicha muolajalar olmoqdalar.

Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg`or yutuqlarini qo`llagan holda davom ettirilmoqda.  

Muftiy hazratlari tezroq sog`ayishlari, xalqimiz, mo`min-musulmonlar va yaqinlari baxtiga sog`-omon bo`lishlarini Haq taolodan duo qilib, so`rab qolamiz.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar