AsosiyJamiyat

2022 yil 1 mayga qadar «Ijtimoiy xizmat» elektron platformasi ishga tushiriladi

'2022 yil 1 mayga qadar «Ijtimoiy xizmat» elektron platformasi ishga tushiriladi'ning rasmi

Prezident qaroriga ko`ra, ushbu platforma:

  • tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasida xizmatlarni axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida ko`rsatish bo`yicha maxsus elektron dasturiy ta`minot hisoblanadi;
  • protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilish texnik vositalariga muhtoj bo`lgan shaxslarning shaffof elektron navbat tizimi ta`minlanadi;
  • nogironligi bo`lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko`rsatish, ularni protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari bilan ta`minlash uchun xizmat qiladi;
  • protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalarining yaroqlilik muddatini nazorat qilish, ularga kutilayotgan ehtiyojni aniqlash, mazkur moslamalar va vositalar bilan o`z vaqtida ta`minlashni amalga oshirish uchun barvaqt zarur zaxira yaratish imkoni beradi;
  • nogironligi bo`lgan shaxs yoki uning vakili tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo`yicha tezkor murojaat qilish kabi masalalarni o`z ichiga oladi.

Boshqa yangiliklar