AsosiyJamiyat

Namanganda Spark haydovchisi 11 yashar bolani urib ketdi

'Namanganda Spark haydovchisi 11 yashar bolani urib ketdi'ning rasmi

30 iyul kuni soat 11:30 larda, Uchqo`rg`on tumani Bog`ko`cha MFY hududida, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmagan. U yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchi, Uchqo`rg`on tumanida ota-onasi qaramog`ida yashovchi,  2010 yilda tug`ilgan bolani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, velosipedchi chap oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Uchqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 avgust kuni O`z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar