AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlash istagida bo`lgan o`zbekistonliklarga ish taklif qilindi

'Rossiyada ishlash istagida bo`lgan o`zbekistonliklarga ish taklif qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 9 avgust kuni Rossiya Federasiyasining «KAMAZ» aksiyadorlik jamiyati vakillari ushbu davlatda ishlash istagida bo`lgan fuqarolarni tanlov asosida ishga jalb qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu tanlov davom etayotganligi va Rossiya Federasiyasida ishlash istagida bo`lgan fuqarolardan xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlari so`raladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda. 

Bo`sh ish o`rinlari:

  • Chilangar;
  • Shtamplovchi;
  • Yuk tashuvchi.

Tanlov o`tkaziladigan hududlar:

13 avgust kuni

  • Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Xondamir ko`chasi, 49-uy. (Monomarkaz binosi) Murojaat uchun: (67) 225-55-59.
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko`chasi, 34-uy (Yapon markazi binosi). Murojaat uchun: (71) 236-30-40.

Shuningdek, 13 avgust kuni soat 14:00 da Agentlikning Nukus, Xorazm, Navoiy va Buxoro mintaqaviy filiallarida onlayn tartibda tanlovlar o`tkazish rejalashtirilgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar