Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylari davomida respublikamizda to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida jami faoliyat yuritayotgan 5 338 ta to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 23,3 trln. so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Tarmoqning 2020 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 123,4 % ni tashkil etgan.
Yirik korxonalar ma`lumotlari bo`yicha:
- Kalava ip ishlab chiqarish – 36,3 foiz;
- Gilam va boshqa to`qimachilik pol qoplamalari – 56,5 foiz;
- Narsa joylanadigan qoplar va paketlar ishlab chiqarish – 18,0 foizga oshgan.
To`qimachilik korxonalari tomonidan Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Farg`ona viloyati 14,2 % (810 ta faoliyat yuritayotgan to`qimachilik korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 10,2 % (449 ta), Qashqadaryo viloyati 9,5 % (240 ta) hamda Samarqand viloyati 9,2 % (376 ta) hissasiga to`g`ri kelgan.






