AsosiyJamiyat

Respublikada ichimlik suv ta`minoti uchun 2 350 mln dollarga teng bo`lgan jami 22 ta investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda

'Respublikada ichimlik suv ta`minoti uchun 2 350 mln dollarga teng bo`lgan jami 22 ta investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda'ning rasmi

Bu haqda AOKAda "O`zsuvta`minot" AJ mutasaddilari ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida  ma`lum qilindi.

Ta`kidlanishicha, ichimlik suv ta`minoti va oqova suv tizimini rivojlashtirish yuzasidan Xalqaro moliya institutlari (XMI) ishtirokida umumiy qiymati 2 350 mln. dollarga teng bo`lgan jami 22 ta investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda.  

Loyihalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilmoqda:  

▫️1 972,9 mln. dollar (83,9%) XMI mablag`lari;

▫️377,6 mln. dollar (16,1%) davlat byudjeti mablag`lari.

 Investisiya dasturiga muvofiq, 2021 yilda 22 ta loyiha bo`yicha jami 201,3 mln. dollar miqdoridagi investisiyalarni o`zlashtirish belgilangan.  

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida 82,5 mln. dollar miqdorida xalqaro moliya institutlarining kredit mablag`lari o`zlashtirildi. O`zlashtirilgan kredit mablag`larining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (jami hajmga nisbatan 36,3 foiz), Jahon banki (35,1 foiz), Islom taraqqiyot banki (19,4 foiz), Saudiya taraqqiyot jamg`armasi (4,7 foiz) hamda OPEK jamg`armasi (3,4 foiz) hissasiga to`g`ri keldi.

Kredit mablag`larining asosiy qismi Buxoro viloyati (23,8 mln. dollar), Toshkent viloyati (19,2 mln. dollar), Sirdaryo viloyati (16,0 mln. dollar), Samarqand viloyati (11,2 mln. dollar), Jizzax viloyati (9,0 mln. dollar) va Qoraqalpog`iston Respublikasi (1,7 mln. dollar) hissasiga to`g`ri keldi. 

    Boshqa yangiliklar