AsosiyJamiyat

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan «Vatandoshlar» fondining vazifalari qanday?

'Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan «Vatandoshlar» fondining vazifalari qanday?'ning rasmi

O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Ukrainadagi vakili Xumoyunmirzo Oxunjonov Prezident imzolagan qaror bilan tashkil etilgan «Vatandoshlar» jamoat fondining maqsad va vazifalari haqidagi fikrlarini o`rtoqlashdi. 

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan yangi jamoat fondi chet davlatlarda yashayotgan o`zbekistonliklar bilan ishlashning yangi tizimini joriy etadi,- dedi Xumoyunmirzo Oxunjonov. – Fondni tashkil etish bo`yicha e`lon qilingan qarorda xorijda bo`lgan yurtdoshlarimizning huquq va erkinliklarini xalqaro huquq me`yorlariga amal qilgan holda himoya qilish, O`zbekistonning boy ilmiy, madaniy-ma`naviy merosini keng targ`ib qilish va ommalashtirish, vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini rag`batlantirish, xorijda o`zbek milliy-madaniy markazlarini tashkil etishda amaliy yordam ko`rsatish, O`zbekistonda tadbirkorlik va sarmoyaviy faoliyatga ko`maklashish singari vazifalar belgilangan.

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, inson omilining yuqori darajaga ko`tarilganligi, jumladan, ushbu fondning tashkil etilishi ham  vatandoshlarimizni Ona yurt atrofida yanada jipslashtirishga, milliy o`zlikni saqlab qolishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati butun dunyoda o`z e`tirofini topmoqda.

Yaratilayotgan barcha imkoniyatlar va sharoitlardan oqilona foydalanish, Vatanga sodiq farzand bo`lish, Prezidentimiz ishonchini oqlash biz yoshlar uchun ham qarz, ham farzdir.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni mamlakatmiz mustaqilligining tobora yaqinlashib kelayotgan 30 yillik bayrami bilan Ukrainadagi barcha vatandoshlar nomidan qutlayman. 

    Boshqa yangiliklar