AsosiyJamiyat

Shahrisabzlik fuqaro hovlisidan 4 tup “kannabis” topildi

'Shahrisabzlik fuqaro hovlisidan 4 tup “kannabis” topildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi va Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan 2021-yil 26-iyul kuni hamkorlikda o`tkazilgan “Qoradori-2021” tadbirida yana bir og`ufurushning kirdikorlari fosh bo`ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Jumladan, shaharning “Navruz” MFYda yashovchi D.N. hovlisida 4 tup “kannabis” giyohvandlik o`simligini parvarishlab kelayotgan ekan. D.N.dan olingan giyohvandlik o`simligining nam holdagi og`irligi 495,0 gr chiqdi.

Og`ufurushga nisbatan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

 

    Boshqa yangiliklar