AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Astrazeneca vaksinasining yana bir partiyasi olib kelindi

'O`zbekistonga Astrazeneca vaksinasining yana bir partiyasi olib kelindi'ning rasmi

 O`zbekistonga koronavirusga qarshi vaksinalar olib kelinib, aholini emlash jarayonlari o`tkazilmoqda.

Respublikamizga 14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi.

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xabar bermoqda.

Ma`lumot o`rnida aytish kerakki, mamlakatimizga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga etdi.

Ulardan:

  • 370 000 dozasi "SPUTNIK V",
  • 986 480  dozasi AstraZeneca,
  • 10 500 000 dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

 

    Boshqa yangiliklar