AsosiyJamiyat

Toshkentda ”Nexia 3“ bilan ”Matiz“ to`qnashdi

'Toshkentda ”Nexia 3“ bilan ”Matiz“ to`qnashdi'ning rasmi

Toshkentda ”Nexia 3“ bilan to`qnashgan ”Matiz“ ag`darildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB ma`lum qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, kecha, 13 avgust kuni soat 19:00 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko`chasida haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan A.M. boshqaruvidagi ”Nexia 3“ hamda haydovchi 1987 yilda tug`ilgan B.M. boshqaruvida bo`lgan ”Matiz“ rusumli avtomobillar to`qnashgan va zarb oqibatida ”Matiz“ avtomobili ag`darilgan.

Natijada, ”Matiz“ rusumli avtomobil haydovchisi B.M. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar