Farg`ona, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida qo`llanilgan vaksinalar 1 million dozadan oshdi. Bu xususda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
13 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 264 544 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 199 324 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 52 792 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 12 428 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 11 915 705 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 8 465 171 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 2 519 410 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 931 124 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 392 885 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Qashqadaryo viloyati (45 128 doza),
- Surxondaryo viloyati (30 499 doza),
- Camarqand viloyati (29 657 doza) band qildi.
- Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Farg`ona viloyatida 1 340 580 doza,
- Namangan viloyatida 1 338 070 doza,
- Andijon viloyatida 1 265 966 doza
- Samarqand viloyatida 1 189 487 doza,
- Qashqadaryo viloyatida 1 029 517 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






