“Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, Prezident Administrasiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz)ga qo`shimcha vazifalar yuklatildi.
Markaz, jumladan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda ta`minlab boradi.
Qaror bilan Markaz tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:
➖ Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish sho``basi;
➖ IT-texnologiyalarni joriy etish va ma`lumotlar bazasini integrasiyalash sho``basi;
➖ Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing sho``basi.
Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Markazning hududiy filiallari tuzildi.






