Ko`chmas mulk ob`ektiga kadastr pasportini berish tartibi qanday? Adliya vazirligi batafsil javob berdi. Unga ko`ra:
1. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o`zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPda ro`yxatdan o`tadi hamda so`rovnoma to`ldiradi.
2. Vakolatli organ (Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi) joylardagi o`lchovlarni amalga oshiradi.
3. Ariza beruvchi tomonidan hisob-fakturada ko`rsatilgan to`lov amalga oshirilgach, kadastr pasporti shaklantiriladi.
Kadastr pasportini tayyorlash ob`ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
ko`chmas mulk ob`ektlarining turar joyga oid qismi bo`yicha:
● ko`p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
● yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;
ko`chmas mulk ob`ektlarining noturar joyga oid qismi bo`yicha:
● umumiy maydoni 100 kv.m. gacha – 5 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha – 7 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha – 10 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha – 15 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha – 20 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq – 25 ish kunigacha;
● ajratilgan er uchastkalari bo`yicha – 3 ish kunigacha.
Xizmat narxlari quyidagicha.
YaIDXP orqali murojaat etilganda, to`lov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.
Kadastr pasportini rasmiylashtirish ba`zi hollarda bepul amalga oshiriladi:
👉 ko`chmas mulk ob`ekti bo`yicha birlamchi kadastr yig`majildi (pasporti) mavjud bo`lib, begonalashtirilganda yoki ob`ektda o`zgarishlar (rekonstruksiya, qo`shimcha va aloxida qurilish) mavjud bo`lmaganda;
👉 ko`chmas mulk ob`ektining bir qismi begonalashtirilganda ob`ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o`zgarganda;
👉 kadastr yig`majildi (pasporti) yo`qolganda (yaroqsiz holga kelganda).
Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Qog`oz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.