Koronavirus pandemiyasi davrida bolalar va o`smirlar orasidagi ruhiy kasalliklar darajasi dunyo miqyosida ikki barobarga oshgan. Bu haqda “JAMA Pediatrics” tibbiyot jurnalida chop etilgan maqolaga tayanib Zamon.uz nashri xabar berdi.
Unga ko`ra, dunyodagi har to`rtinchi yoshda depressiyaning yuqori alomatlarini uchratish mumkin.
"Pandemiyaning birinchi yilida olingan umumlashtirilgan ko`rsatkichlar shuni ko`rsatadiki, har to`rtinchi bolada depressiyaninn klinik yuqori alomatlari, har beshinchi bolada esa vahimaning klinik yuqori alomatlari uchraydi. Bu umumiy baholar pandemiyadan oldingi ko`rsatkichlar ikki barobarga o`sganini ko`rsatmoqda", - deyiladi maqolada.
Tadqiqot natijalariga ko`ra, o`rtacha 25,2 foiz yoshlar depressiya, 20,5 foiz yoshlar esa “COVID-19” davrida vahimaga tushgan. Pandemiyagacha bu ko`rsatkichlar 12,9 va 11,6 foiz ko`rinishida bo`lgan. Qayd etilishicha, me`yordan yuqori ko`rsatkichlar, asosan, qizlar orasida kuzatilgan.