Oq uy saytida Prezident Jo Baydenning Afg`onistondagi beqaror vaziyat bo`yicha bayonoti e`lon qilindi.
So`nggi bir necha kun mobaynida, milliy xavfsizlik guruhi bilan yaqin aloqadaman va ularga Afg`onistondagi harbiy missiyamizni tugatar chog`imizda o`z manfaatlarimiz va qadriyatlarimizni himoya qilish bo`yicha ko`rsatmalar berdim”, deydi Bayden.
Birinchi. Prezident diplomatik, harbiy va razvedka guruhlarining tavsiyalariga asoslanib, AQSh xodimlari va boshqa ittifoqchilarning xodimlarini, missiyasi davomida AQSh qo`shinlariga yordam bergan afg`onlarni va “Tolibon” xavfi ostida bo`lganlarni tartibli va xavfsiz tarzda evakuasiya qilish uchun 5000 nafar AQSh askarlarini Afg`onistonga yuborishga ruxsat bergan.
Ikkinchi. Qurolli Kuchlar va razvedka guruhiga Afg`onistondan bo`lishi mumkin bo`lgan terror tahdidlariga qarshi kurashish salohiyati va xushyorligini oshirishni buyurgan.
Uchinchi. Davlat kotibiga Prezident G`ani va Afg`onistonning boshqa rahbarlarini qon to`kilishining oldini olish va siyosiy yo`l bilan hal etish yo`lidagi sayi-harakatlarni qo`llab-quvvatlashga ko`rsatma bergan. Kotib Blinken mintaqaviy manfaatdor tomonlar bilan ham muloqotda bo`ladi.
To`rtinchi. Dohadagi “Tolibon” vakillariga, AQSh qo`mondoni orqali Afg`onistonda AQSh vakillari yoki AQSh missiyasini xavf ostiga qo`yadigan har qanday harakatga AQSh armiyasi tezkor va kuchli javob qaytarishi etkazilgan.
Beshinchi. Elchi Treysi Jeykobson Afg`onistondan maxsus immigrasion vizaga murojaat etuvchilar va boshqa afg`on ittifoqchilari masalalarini ko`rib chiqish, ularni tashish va boshqa joyga ko`chirish bo`yicha butun hukumat harakatiga mas`ul qilib tayinlandi.
“Biz xavf ostida qolgan jasur afg`on erkak va ayollariga qalban hamdardlik bildiramiz. Missiyamizga yordam bergan minglab odamlarni va ularning oilalarini evakuasiya qilish ustida ishlamoqdamiz”, deydi Bayden.