AsosiyJamiyat

Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi

'Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mubashshir Ahmad xabar berdi.

Usmonxon Alimov Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1982—1983-yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983—1987-yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989—1990-yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan.

Usmonxon Alimov Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980—1982-yillarda imom-noib, 1987—1989 yillarda, so`ngra yana 1990—2006-yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.

2000—2006-yillarda O`zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, bosh imom-xatibi sifatida ishlagan. 2006-yildan to hozirga qadar O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma`lumot o`rnida, muftiy so`nggi vaqtlarda Moskvada davolanayotgan edi — u o`pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o`pka pnevmoniyasi bo`yicha muolajalar olayotgan edi.

Boshqa yangiliklar