AsosiyJamiyat

Olmaliqda odamlar muzqaymoqdan ommaviy zaharlandi

'Olmaliqda odamlar muzqaymoqdan ommaviy zaharlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati bo`lgani haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Sanitariya va epidemiologiya boshqarmasiga tayanib Qalampir.uz ma`lumot berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, haqiqatan ham Z6 nafar bemor shu tashxis bilan yotqizilgan.

Bugungi kun holatiga ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi bo`lgani sababli, uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli o`rtacha. 

Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 1Z nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati o`rtacha og`ir, muolajalar davom etirilmoqda. 

Haqiqatan ham, xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi bo`lgani aniqlangan. Bu tadbirkorlik sub`ekti Olmaliq shahrida joylashgan. 

Ayni paytda vaziyat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar