AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi 1000 ta yurist lavozimiga tanlov e`lon qildi

'Adliya vazirligi 1000 ta yurist lavozimiga tanlov e`lon qildi'ning rasmi

Adliya vazirligi respublikaning barcha hududlarida Yuridik xizmat ko`rsatish markazlarini malakali kadrlar bilan to`ldirish maqsadida tanlov e`lon qildi.

Nomzodga qo`yiladigan talablar qo`yilmoqda:

● yurisprudensiya mutaxassisligi bo`yicha oliy ma`lumotga yoki TDYuU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo`yicha qayta tayyorlash kurslarining diplomiga ega bo`lish;

● davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni mukammal bilishga ustuvorlik beriladi);

● markaz boshlig`i lavozimi uchun mutaxassislik bo`yicha kamida 2 yil ish staji talab etiladi.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

➖ barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

➖ oylik ish haqi lavozimga qarab qo`shimcha to`lovlari bilan birga o`rtacha 4-5 mln. so`m;

➖ qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy ta`minot;

➖ idoraviy tibbiy xizmat va sog`lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Qo`shimcha imtiyozlar:

  • adliya organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan martaba darajalari;
  •  (1-darajali yurist) beriladi va ko`p yillik xizmatlari uchun ustama haq to`lanadi.
  •  kamida uch yil mehnat stajiga ega bo`lganda:  

 

Murojaat muddati va manzil:

 Nomzodlar 2021 yil 6 sentyabrga qadar belgilangan namunadagi ariza, ma`lumotnoma-ob`ektivka, pasport va diplom nusxasini vacancy.adliya.uz sayti orqali yuborishlari lozim.

Ishga qabul qilish tartibi va savollar ro`yxati bilan www.adliya.uz sayti  orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni:

● Adliya vazirligining (71) 207-04-64 telefon raqami;

● @antikorbot telegram boti orqali berish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar