AsosiyJinoyat

Talabaning o`qishini Yuridik universitetiga ko`chirib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Talabaning o`qishini Yuridik universitetiga ko`chirib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jalaquduq tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro L.N. fuqaro M.ning Qirg`iziston Respublikasi, Jalolobod shahridagi zamonaviy xalqaro universitetidagi o`qishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga ko`chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar