AsosiyJamiyat

Nima uchun tugagan test sinovlari "Botanika bog`i" da bugun ham davom etmoqda? DTM izoh berdi

'Nima uchun tugagan test sinovlari "Botanika bog`i" da bugun ham davom etmoqda? DTM izoh berdi'ning rasmi

Davlat test markazi  "Botanika bog`i" da bugun ham davom etgan  test sinovlariga quyidagicha izoh berdi.

Unga ko`ra,  bo`lib o`tayotgan test sinovlari Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialiga kirish uchun o`tkazilayotgan bo`lib, mazkur imtihon filialning o`zi tomonidan tashkil etilgan.

Mazkur imtihonning Davlat test markaziga yoki O`zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlariga hech qanday aloqasi yo`q.

"2021-yil 17-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan hech qanday imtihon o`tkazilishi belgilanmaganligini ma`lum qilamiz.", deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar