1

Namanganda kredit pullarni o`zlashtirgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 17.08.2021, 20:04
Namanganda kredit pullarni o`zlashtirgan shaxs qo`lga olindi

17-iyul kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1982-yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2019-yil iyul oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1990-yilda tug`ilgan ayol uni ishonchiga kirib, uning nomiga Namangan shahridagi bankdan mikroqarz sifatida 10.000.000 so`m kredit mablag`ini chiqarib, ushbu pullarni o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Bundan tashqari, ayol 2019-yil iyul oyida, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1969-yilda tug`ilgan ayolning nomiga bankdan mikroqarz sifatida 10.000.000 so`m kredit chiqarib, ushbu pullarni o`zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 15-avgust kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1