1

Farg`onada Haj safariga jo`natish uchun pora olgan shaxs ushlandi

Jinoyat 17.08.2021, 21:55
Farg`onada Haj safariga jo`natish uchun pora olgan shaxs ushlandi

Saudiya Arabistoniga safar qilish barcha mo`min-musulmonlarning orzusi. Shu bois ham O`zbekistonda Haj va Umra ziyoratiga bo`lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Biroq oramizda mana shunday ulug` safarga borish uchun noqonuniy yo`lni tanlayotganlar ham yo`q emas.    

Xususan, Marg`ilon shahrida fuqaroni Haj safariga jo`natishni va`da qilib, undan 500 AQSh dollar pul olgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Ma`lum bo`lishicha, 2020 yilning noyabr oyida M.M., S.Z.ning ishonchiga kirib, 500 AQSh dollar evaziga uni Haj safariga jo`natishni aytadi. Firibgar M.M. va`dasini bajarmay, aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga ishlatib yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Firibgar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1