1

Tomorqasida «kannabis» etishtirayotgan buxorolik shaxs ushlandi

Jinoyat 18.08.2021, 12:42
Tomorqasida «kannabis» etishtirayotgan buxorolik shaxs ushlandi

G`ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan  «Qoradori-2021» keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri o`tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, olingan tezkor ma`lumotlar asosida G`ijduvon tumani Ko`shk mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan B.M.ning yashash uyi tomorqa er maydonlari ko`zdan kechirilganda, 2 tup «kannabis» o`simligini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan B.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1