1

Shumanay tuman hokim o`rinbosari jarimaga tortildi

Jinoyat 18.08.2021, 13:10
Shumanay tuman hokim o`rinbosari jarimaga tortildi

“Davr” MChJ (nomi o`zgartirilgan) Shumanay tumani hokimi o`rinbosari Rashid Klshevning xatti-harakatlaridan norozi bo`lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi. Bu haqda UzA yozmoqda.

Aniqlanishicha, Shumanay tumani hokimi o`rinbosariga MChJning er maydoni ajratish yuzasidan murojaati kelib tushgan. Ammo hokim o`rinbosari tomonidan murojaat asossiz ravishda javobsiz qoldirilgan, bu esa “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi qonunning talablariga ziddir.  

Shunga ko`ra, Biznes-ombudsman tomonidan Shumanay tumani hokimi o`rinbosariga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada Jinoyat ishlari bo`yicha Shumanay tumani sudi tomonidan Shumanay tumani hokimi o`rinbosariga nisbatan “Davr” MChJning murojaatiga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solindi.

Ma`lumki, Biznes-ombudsmanga tadbirkorlarning xususiy mulkka doir huquqlari buzilishiga yo`l qo`ygan mansabdor shaxslarga nisbatan ma`muriy javobgarlikka tortish bo`yicha vakolat berilgan. Prezident huzuridagi mazkur tashkilot nafaqat yozma ogohlantirish va taqdimnomalar kiritish orqali, balki ma`muriy javobgarlik mexanizmini ishga solgan holda xususiy mulkka daxl qilish holatlariga qarshi kurasha oladigan tashkilot sifatida tadbirkorlarimiz ishonchiga kirmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1