Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda har 10 ming aholiga 27 nafar shifokor to`g`ri kelgan.
Har 10 ming aholiga eng kam shifokorlar soni Surxondaryo (15 nafar), Jizzax (16 nafar), Qashqadaryo va Namangan viloyatlari (18 nafardan) hisobiga to`g`ri kelmoqda:
- Qoraqalpog`iston R. — 25,9;
- Andijon viloyati — 24,4;
- Buxoro viloyati — 31,0;
- Jizzax viloyati — 16,1;
- Qashqadaryo viloyati — 17,9;
- Navoiy viloyati — 29,6;
- Namangan viloyati — 18,2;
- Samarqand viloyati — 25,2;
- Surxondaryo viloyati — 15,0;
- Sirdaryo viloyati — 20,6;
- Toshkent viloyati — 22,4;
- Farg`ona viloyati — 21,7;
- Xorazm viloyati — 27,8;
- Toshkent shahri — 75,9.