AsosiyDunyo

“Tolibon” Afg`onistonni Amirlik deb e`lon qildi

'“Tolibon” Afg`onistonni Amirlik deb e`lon qildi'ning rasmi

Bugun, 19 avgust kuni Afg`oniston mustaqilligi e`lon qilinganiga 102 yil to`ldi. Aynan shu sanada, “Tolibon” Afg`oniston Mustaqillik kuni munosabati bilan deklarasiya e`lon qildi. Bu haqda “Tolibon” harakatining rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid o`zining Twitter’dagi sahifasida ma`lum qilgan.

Zabihulloh Mujohid o`z akkauntiga “Mamlakatning Britaniya imperiyasi mustamlakasidan ozod bo`lganining 102 yilligi munosabati bilan Afg`oniston Islom Amirligining deklarasiyasi” deb yozilgan hujjatning havolasini joylashtirgan. Bu toliblar Afg`onistonda hokimiyatni qo`lga olganidan keyin qabul qilgan ilk rasmiy hujjat.

“Afg`onlar o`z mamlakati bugun Amerika istilosidan mustaqil bo`lish arafasida ekanidan juda mamnun. Bu barcha afg`onlar minnatdor bo`lishlari kerak bo`lgan ilohiy ne`matdir. Biz mamlakatimizda birdamlik va samimiylik bilan islomiy tizim manfaatlari yo`lida ishlashimiz kerak. Shuningdek, bu qayta qurish va davlatning gullab-yashnashi uchun ham xizmat qilishi kerak.

Bundan 102 yil oldin, afg`on mujohidlari [ozodlik kurashchilari] sakson yillik qarshilik natijasida Britaniya mustamlakachiligidan mustaqillikka erishdilar. Britaniya imperiyasining afg`on mujohidlari qo`lidan qulashi asrning eng buyuk hodisasi, deb hisoblandi va dunyoning boshqa ko`plab xalqlari mustamlakachilik kishanidan qutqarildi”, deyiladi hujjatda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar