AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi vakil mahkumlar ust-boshini tanqid qildi

'Qashqadaryodagi vakil mahkumlar ust-boshini tanqid qildi'ning rasmi

Joriy yilning 10 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Koson shahridagi 10-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati Darakchi.uz ga xabar berdi.  

Monitoring davomida Ombudsman qutisi ko`zdan kechirilganda,
11 nafar mahkum tomonidan murojaat qoldirilgani ma`lum bo`ldi. Mintaqaviy vakil barcha murojaat mualliflari bilan yakkama-yakka uchrashgan holda suhbat o`tkazib, ularning masalalarini har tomonlama o`rgandi. 

Bundan tashqari, 4 nafar mahkum M.Normuradovning shaxsiy qabulida bo`ldi. 

Shundan so`ng, mintaqaviy vakil mahkumlarning yashash sharoitlari, ovqatlanishi, tibbiy yordam olishi, shuningdek ularning ishlash sharoitlari bilan tanishdi. 

Ma`lum bo`lishicha, ushbu muassasada 1006 nafar mahkum saqlanayotgan bo`lib, ularning 70 foizi mehnatga jalb etilgan. Katta yoshdagi va betob bo`lgan mahkumlar ishga jalb qilinmagan. 

Koloniyadagi mebel ishlab chiqarish sexi ko`zdan kechirilganda, uning ta`mirtalab ekanligi hamda u erda mehnat qilayotgan ba`zi mahkumlarning ustki kiyimlari eskiligi, ularning yangi ust-kiyimlar bilan ta`minlanishi zarurligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mintaqaviy vakil monitoring tashrifi doirasida joriy yilning 24 oktyabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari bilan ham tanishdi. 

Mazkur muassasada O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovi o`tkazilishi bo`yicha 605-sonli saylov uchastkasi tashkil etilib, muassasadagi 39 nafar mahkum saylovda ovoz berish huquqiga ega bo`lgan shaxslar ro`yxatiga olingan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar