AsosiyJamiyat

Oqqo`rg`ondagi bog`chada kasallangan bolalarning 21 nafari sog`aygani aytilmoqda

'Oqqo`rg`ondagi bog`chada kasallangan bolalarning 21 nafari sog`aygani aytilmoqda'ning rasmi

Avvalroq Tokent viloyati Oqqo`rg`on tumanidagi 5 sonli bog`cha tarbiyalanuvchilarida yuqumli kasallik aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Maktabgacha ta`lim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotining intoksikasiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi to`g`risida kunlik ma`lumotni e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun, 19 avgust 16:00 soat xolatiga: tibbiyot muassasalarida jami 9 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining xolati o`rta og`ir, 5 nafar bemorning xolati o`rtacha baholanib, dinamikada sog`aymoqda, 1 nafar bolaning xolati qoniqarli.

Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o`tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo`yicha ma`lumot beriladi.

Avvalroq tibbiyot muassasalariga 30 nafar tarbiyalanuvchi qabul qilingani, bugungi kunga kelib 21 nafar tarbiyalanuvchi uyiga ruxsat berilgani haqida xabar beramiz.

Mavzuga doir:

Oqqo`rg`on bog`chasidagi bolalar zaxarlanishi bo`yicha tekshiruv boshlandi – Prokuratura

Oqqo`rg`ondagi bog`chada kasallangan bolalarning soni 30 taga etdi

Nig`matilla Yo`ldoshev Prezident topshirig`i bilan Oqqo`rg`ondagi maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining kasallanishi bilan bog`liq holatni o`rgandi

    Boshqa yangiliklar