AsosiyJamiyat

Jizzaxda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi va viloyat mas`ullarining uchrashuvi bo`lib o`tdi

'Jizzaxda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi va viloyat mas`ullarining uchrashuvi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Joriy yil 18 avgust kuni Jizzax shahrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda viloyat mas`ullari ishtirokida uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar berdi. 

Jumladan, tadbirda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, viloyat hokimligi, tumanlar hokimlari o`rinbosarlari va tijorat banklari mas`ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 fevraldagi “Xalqaro qishloq xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasi ishtirokida “O`zbekiston sut tarmog`ida qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda mazkur qarorda belgilab berilgan dolzarb vazifalar, tijorat banklari tomonidan kredit ajratilishini jadallashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida to`xtalib o`tildi.

Boshqa yangiliklar