2021-yilning o`tgan etti oyi davomida Jizzax viloyati hududida 232 ta yo`l-transport hodisasi sodir etilgan, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Viloyat IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilovning so`zlariga ko`ra, mazkur YTHlar oqibatida 74 kishi halok bo`lgan. Shuningdek, 187 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Ushbu yo`l-transport hodisalari natijasida Jinoyat kodeksining 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat ishi bo`yicha jami 127 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan.