Tarixiy voqea sifatida baholanayotgan Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti arafasida 35 nafar to`qimachilik sanoati vakillariga Prezident nomidan tashakkurnomalar taqdim etilgan edi.
Bu e`tiborga javoban bugun Farg`ona viloyatida "Fergana Global Textile" korxonasi rahbariyati yana bir yangi loyihani ishga tushirdi. Korxona Mustaqilligimizning 30 yilligiga munosib sovg`a bo`ldi.
Global Textile Group — Toshkent va Farg`onada joylashgan fabrikalari, to`qish va bo`yash ustaxonalari, paxta tozalash zavodi, shuningdek tomchilatib sug`orish tizimi joriy etilgan o`z paxta dalalariga ega bo`lgan — eng yirik kompaniyalardan biri.