AsosiyJamiyat

Samarqandlik ayol ombudsman aralashuvi bilan uyli bo`ldi

'Samarqandlik ayol ombudsman aralashuvi bilan uyli bo`ldi'ning rasmi

Samarqandlik ayol ombudsman aralashuvi bilan uyli bo`ldi.

Ma`lum bo`lishicha, ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Nurobod tumani Jom qishlog`ida yashovchi fuqaro S.D. tomonidan uning uy-joyga muhtojligi haqida murojaati kelib tushadi.

Murojaat muallifi turmush o`rtog`i vafot etgani, 2003 yilda tug`ilgan o`g`li O`.D. bilan hamon ota-onasining uyida yashab kelayotgani, uy-joyga muhtoj ekani sababli ko`plab tashkilotlarga yordam berilishini so`rab murojaat qilganligi, lekin bundan hech bir natija bo`lmaganidan shikoyat qilgan.

Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili I.To`xtasinov Nurobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda fuqaro S.D.ning murojaatini o`rganib chiqadi. 

O`rganish natijasida fuqaro S.D. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi “Og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq arzon uy-joy bilan ta`minlanadi. Fuqaro S.D.ning 2021 yil yakuniga qadar yangi uy-joyga ko`chib o`tishi belgilanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar