Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishi mumkin.
"O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonun (O`RQ–711-son, 25.08.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksida bir nechta yangi jinoiy javobgarlik turlari belgilandi.
Jumladan:
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish, ya`ni g`arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o`limiga yoki mayib bo`lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa – 12 mln 250 ming so`m jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qo`llanilishi belgilandi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta`sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o`tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo`natish yoki o`tkazish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.